Foydalanish qoidalari
Dardkash odamlarni real vaqtli video, audio yoki yozishma orqali bir-biriga bog'laydigan platforma. Quyidagi qoidalar hamma foydalanuvchi uchun amal qiladi.
Kimlar foydalanishi mumkin
Dardkash 18 yosh va undan katta shaxslar uchun mo'ljallangan. Har bir hisob faqat bitta shaxsga tegishli bo'lishi kerak — hisobingizni boshqa birov bilan baham ko'rmang.
Suhbat qoidalari
Bir-biringizni hurmat qiling, suhbatdoshingizni bo'lmasdan tinglang. Haqorat va tahqirlashga yo'l qo'yilmaydi. Shaxsiy ma'lumotlaringizni (manzil, moliyaviy ma'lumot va h.k.) baham ko'rmang. Suhbatni yozib olish yoki ekrandan suratga olish taqiqlanadi.
Moderatsiya va shikoyatlar
Dardkash bo'lishni xohlovchilarning profili moderatordan o'tadi. Har qanday suhbat davomida "Shikoyat qilish" tugmasi orqali qoidabuzarlik haqida xabar berishingiz mumkin. Qoidalarni buzgan profil vaqtincha yoki butunlay bloklanishi mumkin.
Mas'uliyatdan voz kechish
Dardkash professional psixologik yoki tibbiy yordam o'rnini bosmaydi! Bu yerdagi dardkashlar mutaxassis emas — ular shunchaki tinglashga tayyor odamlar. Jiddiy xavf yoki favqulodda holatda darhol tegishli mutaxassis yoki tez yordam xizmatiga murojaat qiling.
Qoidalarga o'zgartirish
Bu qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Platformadan foydalanishni davom ettirish yangilangan qoidalarga rozilik bildirish hisoblanadi.
Aloqa
Savol yoki shikoyatlaringiz bo'lsa, saytga kirish uchun ishlatiladigan Telegram bot orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.