Maxfiylik siyosati
Bu sahifada Dardkash qanday ma'lumot yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday saqlashi tushuntirilgan.
Qanday ma'lumot yig'amiz
Ro'yxatdan o'tishda: taxallus, yosh oralig'i, jins (ixtiyoriy), telefon raqam, tanlagan mavzular va til. Dardkash bo'lsangiz — qisqacha bio. Google orqali kirsangiz — email manzilingiz, Telegram orqali kirsangiz — Telegram hisobingiz ID'si. Suhbat davomida: yozishma xabarlari, suhbatdan keyingi reyting/fikr va (agar yuborilsa) shikoyatlar. Agar foydalansangiz: kayfiyat kundaligidagi kunlik belgilar va dardkash bilan kelishilgan suhbat vaqtlari.
Ma'lumotdan qanday foydalanamiz
Sizga mos suhbatdosh topish (til va mavzular bo'yicha), dardkash arizangizni ko'rib chiqish, xavfsizlik va shikoyatlarni tekshirish, hamda muhim bildirishnomalarni (masalan kiruvchi qo'ng'iroq) Telegram orqali yuborish uchun. Shuningdek, ixtiyoriy eslatmalar uchun (saqlangan dardkash onlayn bo'lganda, suhbatdan keyin, javob kutilayotgan xabar haqida, dardkashlarga haftalik xulosa): ularni profil sozlamalarida yoki Telegram'dagi tugma bilan o'chirishingiz mumkin.
Kimlar ko'rishi mumkin
Telefon raqamingiz faqat administratorlarga ko'rinadi. Boshqa foydalanuvchilarga faqat taxallusingiz, yosh oralig'ingiz, tanlagan mavzularingiz va reytingingiz ko'rinadi — ismingiz, telefon raqamingiz yoki email manzilingiz boshqa foydalanuvchilarga hech qachon ko'rsatilmaydi. Kayfiyat kundaligi sayt ichida faqat sizga ko'rinadi: dardkashlar ko'rmaydi, statistikaga kirmaydi va uni kabinetdan istalgan payt o'chirishingiz mumkin.
Video va audio suhbatlar
Video/audio qo'ng'iroqlar real vaqtda uzatiladi va hech qachon yozib olinmaydi yoki serverda saqlanmaydi.
Ma'lumot qayerda saqlanadi
Barcha ma'lumotlar bizning o'z serverimizda saqlanadi va uchinchi tomon tahlil/reklama xizmatlariga berilmaydi.
Sizning huquqlaringiz
Profilingizni istalgan payt "Profilni tahrirlash" bo'limidan yangilashingiz mumkin. Hisobingizni butunlay o'chirishni xohlasangiz, hozircha bu so'rovni Telegram bot orqali bizga yuborishingiz kerak. Yozishmadagi o'z xabaringizni, butun yozishmani (o'zingiz uchun) va qo'ng'iroq tarixidagi yozuvni istalgan payt o'chirishingiz mumkin. O'chirilgan xabar ekrandan darhol yo'qoladi, lekin shikoyat bo'lsa tekshirish uchun 30 kun saqlanadi va keyin butunlay o'chiriladi.
Yosh chegarasi
Dardkash 18 yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallanmagan.
Aloqa
Maxfiylik bilan bog'liq savollaringiz bo'lsa, saytga kirish uchun ishlatiladigan Telegram bot orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.